Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
522025-03-28 17:33

Polmon mahallasida ma’naviy-ma’rifiy bayram tantanalari

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082390932915.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082390946060.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082390948450.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082390950840.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082390952035.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082390953230.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082390954425.jpg
📢Quvasoy shahar Polmon mahalla fuqarolar yig‘inida ma’naviy-ma’rifiy bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi ⏺️Ko‘p millatli aholimiz ahil-inoq yashab kelayotgan ushbu hududda bayram tadbirlari tantanali tarzda tashkil etilib, unda shahar va mahalladagi faollar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi. Bayram shukuhi har bir ishtirokchining yuzida aks etib, ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. 🔵Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi, milliy liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tarqatildi. Xalqimizga xos mehmondo‘stlik, saxovat va mehr-oqibat ana shunday tadbirlar orqali yanada namoyon bo‘ldi. 🎤Shahar madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Mahalla yoshlari tomonidan milliylikni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashildi. ✅Bu kabi bayram tadbirlari millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla hududida turli millat vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab, yagona Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib mehnat qilmoqda. Ushbu bayram ana shunday do‘stlik va birdamlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 📌Joylarda tadbirlar davom etmoqda…

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz