Quvasoyda “To‘da” nomli musiqali trama spektakli namoyish etildi
Quvasoy shahar madaniyat markazida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish” oyligi davomida Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri tomonidan tayyorlangan “To‘da” nomli musiqali drama spektakli namoyish etildi.
Unda 500 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etib, maroqli hordiq chiqardilar.
Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi davomida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yosh avlodni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Bugungi yoshlar – kelajak bunyodkorlari. Ularning tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik, yot g‘oyalar va zararli odatlardan himoya qilish – har bir pedagog va ota-onaning mas’uliyatidir.