HAMKORLIK YANADA KENGAYADI
2020-01-15 10:30:28 240
Bundan uch yil avval Farg’ona viloyatida beshta oliy o’quv yurti bor edi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar doirasida bugunga kelib ularning soni o’ntaga yetdi. Shundan uchtasi Xalqro hamkorlikda chet el oliy o’quv yurtlari bilan tashkil etilgan. Latviyaning ISMA universiteti Farg’ona filiali shulardan biridir. Unda informatsion tizim menejmenti yo’nalishlarida 100 dan ortiq yoshlar ta'lim olmoqda.
Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev Latviya - O’zbekiston ISMA Oliy o’quv yurtining bir guruh rahbar va mutaxassislarini qabul qildi.
-Biz Farg’onada yaratib berilgan sharoitlar uchun Siz va hokim o’rinbosariga minnatdorchilik bildiramiz,-deydi Latviyaning axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg’ona shaxridagi filiali Prezidenti Sandra Plota.- Yoshlarni o’qitishga Latviyaning eng yetuk o’qituvchi-professorlarini jalb etganmiz.Kelgusida talabalar yevropa me'zonlarida amaliyot o’taydlar.
-Men O’zbekistonga birinchi bor kelishim, lekin darhol uni sevib qoldim. Go’zal tabiati, sof havosi, mehmondo’st xalqi va zukko rahbarlariga havasim kelmoqda,-deydi Xalqaro ekspert, professor Tatyana Tambovtseva.-O’qitish sifatini tahlil qildik va u Evropa Oliy ta'lim talablariga mosdir. O’zbekiston, Farg’onada yoshlar, ilmga chanqoq, intiluvchan yigit-qizlar ko’pligini inobatga olgan holda biz ISMA rahbariyatiga talabalik o’rnini (kvota) oshirish, o’quv amaliyotlarini Latviya va YEvropa mamlakatlaridagi menejment axborot texnologiyalari markazlarida o’tkazishni tavsiya qildik.
Farg’ona viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev Latviya Oliy ta'lim namoyondalariga malakatli mutaxassislar tayyorlashdagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi va bundan buyon ham ISMA Oliy o’quv yurti samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilaveradi, dedi.
Mehmonlarga milliy hunarmandchilik namunalari sovg’a qilindi.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.