Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEMORANDUM IMZOLANDI

 2019-12-17 10:08:42    223

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, so’ngi vaqtlarga kelib davlat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O’zbekiston-Rossiya o’rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib bormoqda. Ana shunday o’zaro manfaatli hamkorlikning davomi sifatida Quvasoy shahar hokimi A.Ziyavitdinov A.Tereshenko rahbarligidagi Rossiya Federatsiyasi Tomsk tumani Administratsiyasi vakillarini qabul qildi.

Samimiy va do’stona tarzda kechgan uchrashuv avvalida A.Ziyavitdinov yaqinda o’zining 65 yoshini qarshilagan Quvasoy shahrining tashkil etilishi, uning hududida faoliyat olib borayotgan yirik korxonalar, kichik va o’rta biznes hamda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati, hukumat va shahar hokimligi tomonidan ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so’zladi.

Ta’kidlandiki, O’zbekiston va Rossiya hududlarining amaliy hamkorligi tobora faollashmoqda, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda almashinuvlar borasidagi hamkorlik misli ko’rilmagan darajaga ko’tarildi. Hozirda bir qator hukumatlararo va idoralararo institutlar samarali faoliyat yuritmoqda, tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib borayotir. Rossiyaning etakchi kompaniya va banklari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda

O’z navbatida, A.Tereshenko Tomsk viloyatida o’z nufuziga ega bo’lgan Tomsk tumani, uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayoti to’g’risida ma’lumot berdi. Ma’lumki, Sibir o’lkasining o’rmonli hududida joylashgan Tomsk tumanida azaldan milliy va madaniy yodgorliklar asrash, shuningdek, yog’ochsozlik va uni qayta ishlash, chorvachilik, yilqichilik, parrandachilik, neft qazib olish va uni qayta ishlash rivojlangan. Hozirda esa tuman aholisining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish, zamonaviy uy-joylar, ta’lim, madaniy-maishiy ob’eklar qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Muloqot chog’ida Quvasoy shahri va Tomsk tumani o’rtasidagi hamkorlik munosabatlariga doir hamda keng ko’lamli sheriklikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv so’nggida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.