Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI BOG'ChA FAOLIYATI YO'LGA QO'YILDI

×

 2019-12-10 14:34:03    161

PDF yuklash
Chop etish


So'nggi vaqtlarga kelib Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning o'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga berayotgan yuksak e'tibori, tizimni jahon andozalari darajasida rivojlantirish, zamonaviy bilim maskanlari bunyod etish borasidagi tashabbuslari Quvasoy shahrida ham keng qanot yozmoqda, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Bu kabi xayrli ishlardan saxovatpesha tadbirkorlar ham chetda turganlari yo'q.

Ayniqsa, davlatimiz rahbarining jahon andozalari talablariga javob bera oladigan zamonaviy ta'lim maskanlari bunyod etish borasidagi ezgu tashabbuslariga labbay deb javob bergan quvasoylik tadbirkor Azizbek Meliqo'ziev  o'z mablag'lari hisobidan yashash xonadonida jami 25 o'ringa ega bo'lgan davlat xususiy sherikchilik shaklidagi “Mehribon” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini yo'lga qo'ydi. Mashg'ulotlar uch tilda olib boriladigan mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

Hozircha 5 ta mutaxassislardan iborat yangi ish o'rinlariyaratilgan tashkilotning ochilish marosimida ishtirok etgan Quvasoy shahar hokimi A.Ziyavitdinov, hokim o'rinbosarlari A.Mamajonov va M.Matkarimova, shuningdek,  shahar prokurori B.Ismoilovlar so'zga chiqishib, yangi tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatlar tilashdi. 

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.