Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHAHAR HOKIMLIGIDA 2024YILNING 6 OYI DAVOMIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH NATIJALARI YUZASIDAN XISOBOT

×

 2024-04-03 10:34:38    222

PDF yuklash
Chop etish


     Shahar hokimligiga 2024-yilning 6 oyi davomida barcha manbaalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan jami 272 ta (310 ta) murojatlar shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 116 ta (125ta), Halq qabulxonasi orqali 92 ta (79 ta), Bosh Prokuratura ishonch telefoni orqali 14 ta (15 ta), Vazirlar Mahkamasi orqali 4 ta (0 ta) va shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 46 ta (91 ta) yozma murojaatlar kelib tushgan. (Bu ko‘rsatgich 2023 yilning shu davrida 310 tani tashkil etib,38 taga yoki 12,2% kamaygan). Xususan, mazkur murojaatlarning 124 tasi (45,6%) ijobiy hal etilgan, 134 ta (49,3%) murojaatga qonuniy tushuntirish berilgan, 14 ta (5,1%) murojaat o‘rganish jarayonida.

     Murojaatlar sohalar kesimida tahlil etilganda, Moddiy yordam ajratish  62 ta, Boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy olish masalasida 56 ta, Yo‘llarni ta’mirlash masalasida 39 ta, Obodonlashtirish masalasida 28 ta, Tungi yoritish chiroqlari o‘rnatib berish masalasida 16 ta, Yer maydonlarni sug‘orish masalasda 16 ta, Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 13 ta, Xonadonni ta’mirlash masalasida 5 ta, Raxbarlar faoliyati hamda Ish bilan ta’minlash masalalarida 3 tadan, Noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, Daftarga (Temir, Ayollar, Yoshlar) kiritish va Qishloq xo‘jaligi masalalarida 2 tadan hamda Turli masalalarda 25 ta murojaatlar qayd etilgan.

     Eng ko‘p murojaatlar shaharning Ziynat 35 ta (12,9%), Pakana 21 ta (7,7%), X.Olimjon 20 ta (7,3%), Qo‘chqorchi 19 ta (6,9%), Yoshlik 16 ta (5,9%), Guliston 14 ta (5,1), Bog‘bon 13 ta (4,8%), Do‘stlik 11 ta (4,0%), Arsif 10 ta (3,7%), Yu.Mo‘yan 9 ta (3,3%), Polmon  8 ta (2,9%) mahalla fuqarolar yig‘inlariga to‘g‘ri kelmoqda.

     Joriy yilning 6 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasi orqali jami 208 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 90 tasi (43,3%) ijobiy hal etilgan, 106 tasiga (50,9%) amaldagi qarorlar asosida xuquqiy tushuntirish berilgan, 12 tasi (5,8%) o‘rganib chiqish jarayonida.

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxoansi orqali 116 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, shundan 49 tasi (42,2%) ijobiy hal etilgan, 59 tasiga (50,9%) tushuntirish berilgan, 8 tasi (6,9%) o‘rganib chiqish jarayonida.

     Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali 92 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, shundan 41 tasi (44,6%) ijobiy hal etilgan, 47 tasiga (51,1%) qonuniy tushuntirish berilgan, 4 tasi (4,3%) o‘rganib chiqish jarayonida.

     Joriy yilning 6 oyi davomida shahar hokimi Z.To‘rakulov tomonidan 22 marotaba shaxsiy hamda 26 marotaba ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, qabullar davomida jami 313 nafar fuqarolarning murojaatlari ro‘yxatga olingan. Shundan, 141 nafar (45,0%) fuqaroning murojaatlari ijobiy hal etildi, 172 nafar (55,0%) fuqaroning murojaatlarga amaldagi qonun va qarorlar asosida huquqiy tushuntirishlar berilgan.