Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

27 IYUN - MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN QUVASOY SHAHAR HOKIMINING TABRIGI

×

 2024-06-27 18:53:45    20220

PDF yuklash
Chop etish


urmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!


Avvalo, siz, azizlar – shahrimizdagi jurnalistlar, soha faxriylarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.


Kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari haqida so‘z yuritganda, biz, avvalo, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi o‘ringa qo’yadigan olijanob va mas’uliyatli kasb egalarini tasavvur qilamiz.


Oldimizda turgan bir-biridan muhim va dolzarb vazifalarni hal etishda, tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning o‘z kuchiga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish, hayotimizda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, xalq manfaatining chinakam himoyachisi bo‘lishda ommaviy axborot vositalari faol harakat olib bormoqda. 


Biz matbuot ahlining hayotimizni yanada erkin, obod va farovon etish uchun doimo fidoyilik ko‘rsatib yashashingizga ishonamiz. 


Barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, ijodiy faoliyatingizda omad va yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.


Zafarjon To‘raqulov,

Quvasoy shahar hokimi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram