Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHRIDA G’ALLA O’RIMI UYUSHQOQLIK BILAN DAVOM ETMOQDA

×

 2024-06-20 09:02:58    21901

PDF yuklash
Chop etish


Rizq-ro’zimiz bo’lgan g’allani qisqa fursatlarda yig’ishtirib olish ishlari Quvasoy shahrida ham qizg’in davom etmoqda. 


Mirishkor bobodehqonlar mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan hosilni tashkillangan otryad yordamida nes-nobud qilmay yig’ishtirib olishga kirishganlar. Mirishkorlar joriy yilda ham g’alla parvarishini belgilangan agrotexnik tadbirlar asosida olib bordi. Hududlarda o’rim-yig’im mavsumiga tayyorgarlik uyushqoqlik bilan tashkil etildi.


Joriy yil hosili uchun Quvasoy shahridagi 71 ta fermer xo’jaliklarining 500 gektar maydonida boshoqli don parvarishlandi. Mavsum davomida fermer xo’jaliklari tomonidan davlat xaridlari uchun 1 100 tonna don yetkazib berish rejalashtirilgan.


Shahar mirishkorlarining mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish uchun 5 ta otryad tashkil etildi. Ularga 5 dona yuqori unumli don o’rim kombaynlari, 21 dona don tashish texnikalari, 4 ta ko’chma ustaxonalar va 2 dona yoqilg’i tashish texnikalari biriktirildi.


Bugungi kun holatiga 89 gektar maydonlaridan jami 390 tonna hosil yig’ishtirib olindi. Hozirda o’rim jarayoni jadallik bilan davom etmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram