QUVASOYDA SEKTORLAR RAHBARLARI ISHTIROKIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
2024-06-07 20:10:25 8118
Bugun Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida shahar sektorlar rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda daxldor idoralar vakillari ishtirok etgan tadbirda quvasoylik ishbilarmonlarni qiynab kelayotgan, o‘ylantirayotgan masalalar haqida so‘z bordi.
Tadbirkorlar faoliyat turlarini kengaytirish, bank krediti olish, yer-joyga ega bo‘lish, elektr va gaz ta’minotidagi muammolar bilan o‘z murojaatlarini amalga oshirdilar.
Har bir murojaat respublika, viloyat va shahar kesimida tahlil qilinib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo‘lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Qolgan murojaatlarni qo‘shimcha o‘rganish uchun muddat belgilanib, ijobiy yechim topishi bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram