QUVASOYDA O’TGAN SEMINARDA FARG’ONALIK BOLAJONLAR YOZ MAVSUMINI MAROQLI O’TKAZISHLARI UCHUN CHORA-TADBIRLAR BELGILAB OLINDI
2024-05-28 20:45:21 2200
Bugun Quvasoy shahar Do’stlik MFY da joylashgan “Vodiy gavhari” bolalar oromgohida hududlarda bolalarni dam oldirish va sog’lomlashtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo’yicha viloyat seminari bo’lib o’tdi.
Tegishli viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirni viloyat hokimining o’rinbosari Sherzod Rahimov ochib berdi va olib bordi.
Seminarda viloyatimizdagi mavjud 14 ta statsionar sog’lomashtirish oromgohlarida 10 ming 610 nafar bolalar sog’lomlashtirilishi rejalashtirilgani ma'lum qilindi. Shuningdek, viloyatdagi 109 ta umumta'lim maktablarida “Kunduzgi sog’lomlashtirish oromgohlari”ni tashkil etish va 22 ming 170 nafar bolalarni qamrab olish maqsadida oromgohlar dislokatsiyasi ishlab chiqilgani aytib o’tildi.
Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan mavsumga tayyorgarlik ko’rish va yuqori saviyada tashkil etishda kasaba uyushmalarining roli, statsionar turdagi oromgohlarda bolalarning dam olishlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ta'lim-tarbiyaviy ishlarning holati, sog’lomlashtiish maydonchalari faoliyatini takomillashtirish istiqbollariga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, oromgohlarda tibbiy-proflaktik yordam ko’rsatish, sanitariya qoida va me'yorlari talablariga rioya qilish, xavfsizlikni ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlash masalalari ham kun tartibidan o’rin oldi.
Oromgohlarda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi hamda fuqaro muhofazasi bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar tushuntirib o’tildi.
Ma'daniy-ma'rifiy va sport tadbirlarini, musobaqa va tanlovlarni tashkil etish yuzasidan fikr-mulohzalar bildirildi.
Yakunda farg’onalik bolajonlar yoz mavsumini maroqli o’tkazishlari uchun aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram