Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI KO‘TARINKI RUHDA O‘TDI  

×

 2024-05-25 15:07:51    1094

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahridagi 3-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, mutasaddi rahbarlari, deputatlar, jamoatchilik vakillari, faxriy ustozlar, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

So‘z olganlar tomonidan Prezidentimizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigi, o‘g‘il-qizlarga otachalarcha ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari, e’tibor va g‘amxo‘rliklari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shahrimizda bugungi kunda ming nafardan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlab, yangi hayot ostonasiga qadam tashlayotgani ta’kidlandi. E'tiborlisi, 38 nafar bitiruvchilar oltin, 9 nafar yoshlar esa kumush medal bilan o‘qishni yakunlayotgani, barcha ustozlarni, ota-onalarni quvontirmoqda. 

3-maktabning o‘zida ham 129 nafar bitiruvchilar bo‘lib, ularning 5 nafari muddatidan avval oliy o‘quv yurti talabasi bo‘ldilar.

Zotan, o‘g‘il-qizlarni yetuk avlod bo‘lib, bir nechta xorijiy tillar va kasb-hunarlarni puxta egallab, hayotga tayyor bo‘lishi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Tadbirda imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘zining bilimi, mehnatsevarligi bilan boshqalarga o‘rnak va namuna bo‘layotgan bir guruh o‘quvchilar va ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar, kitoblar jamlanmalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tantanali tadbir bitiruvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan qiziqarli chiqishlar, turli tillarda yangragan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar bilan davom etdi.

Bu kabi tadbirlar shahrimizdagi barcha umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram