Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2024-05-17 21:12:16    1338

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy shahrida keytering korxonasi tashkil etish bilan bog’liq holat yuzasidan e'lon qilingan chiqishlar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:

Quvasoy shahar hokimligi delegatsiyasining 2023 yil may oyida Turkiyaga tashrifi davomida Anqara shahridagi OSTİM sanoat zonasi faoliyati bilan tanishilgandi. Ushbu jarayonda sanoat zonasi hududida tashkil etilgan, atrofdagi ishlab chiqarish majmualari xodimlariga tayyor ovqatlarni yetkazib berishga ixtisoslashgan keytering korxonasi tajribasi ham ko’zdan kechirilib, Quvasoy shahrida ham ushbu loyihani amalga oshirish reja qilingan.

Delegatsiya tarkibida Turkiyaga borgan, quvasoylik Muazzam Ibrohimova Turkiya fuqarosi, Ekin Proje Elektrik nomli energetika kompaniyada menejer bo’lib ishlovchi Ali Kirlangich bilan tanishib, ushbu loyihani amalga oshirish istagini ma'lum qilgan. 2023 yil oktyabr oyida Quvasoy shahar hokimligida fuqaro Ibrohimova va Ali Kirlangich ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tgan. 

Loyihani amalga oshirish uchun tashabbuskorlarga investor lozim bo’lganligi sababli, viloyatimizda yashovchi mahalliy tadbirkorga ushbu loyihada ishtirok etish taklif etilgan. Ushbu tadbirkor va loyiha tashabbuskorlari o’rtasida moliyaviy masalada o’zaro og’zaki kelishuvga borilgan.  

Mahalliy tadbirkor ushbu loyiha uchun Pakana MFYda keytering korxonasi binosi qurishni boshlagan, biroq belgilangan qurilish va jihozlash xarajatlarini amalga oshirish jarayonida o’zaro moliyaviy kelishmovchilik kelib chiqqani, ikkinchi tomon mablag’ kiritmagani sababli, korxonani o’z mablag’lari hisobiga qurib bitkazishga hamda Pakana kichik sanoat zonasida joylashgan korxonalar ishchi-xodimlariga ovqat yetkazib berishni yo’lga qo’yishga qaror qilgan. Hozirgi kunga qadar tadbirkor tomonidan ushbu qurilish ishlariga 15 mlrd. so’mdan ziyod mablag’ yo’naltirilgan. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ko’tarilayotgan masala tadbirkorlar o’rtasidagi munosabatlarni o’zida ifodalaydi. 

Quvasoy shahar hokimligi, Muazzam Ibrohimova va uning turkiyalik hamkorlariga o’z loyihalarini amalga oshirishlari uchun har tomonlama yordam berishga tayyorligi, shaharda bo’sh turgan va faoliyat ko’rsatmayotgan bino-inshootlardan belgilangan tartibda ijaraga joy ajratib berilishida ko’maklashishi ma'lum qilinadi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram