XALQ DEPUTATLARI QUVASOY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI OLTMISH YETTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2024-05-16 18:19:52 1330
Bugun Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi oltmish yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar sektor rahbarlari, shahar hokimining tegishli o’rinbosarlari, tegishli bo’lim, tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini mas'ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishida shaharni ishsizlik va korruptsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko’cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash bo’yicha 2024 yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitildi.
Shuningdek, tanqidiy ruhda o’tkazilgan ushbu yig’ilishda shahardagi kommunal soha (elektr ta'minoti, gaz, ichimlik suvi, yo’l) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bog’liq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar ko’rsatib o’tildi.
Sessiya yig’ilishida elektr, gaz, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash va tuproq yo’llarni shag’allashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Yig’ilishga yuqoridagi sohalar bo’yicha eng ko’p murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularga mahallalarida amalga oshiriladigan ishlarning reja-jadvallari tushuntirildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram