TOMORQA – DAROMAD MANBAI: MAMAYUNUS TO‘RAJONOV O‘ZI NOGIRON BO‘LSA-DA, YERDAN SAMARALI FOYDALANMOQDA
![](https://quvasoy.uz/uploads/bot/762af77c5ff04490ba67d.jpg)
2024-05-14 09:50:31 1511
Yuqori Valik MFY da istiqomat qiluvchi hamshaharimiz 1997 - yilda tug‘ilgan Mamayunus To‘rajonov tomorqa – daromad manbai ekanligini yaxshi tushunadi. 2 - guruh nogironi bo‘lsa ham tinim bilmaydi.
U “Yoshlar daftariga” ro‘yxatga olingan bo‘lib, yoshlar yetakchisining ma’lumotiga ko‘ra, 2023 - yilda subsidiya asosida qurib berilgan 1 sotix issiqxonada mehnat qiladi.
Qulupnoy, chesnok, turli sabzavot-u ko‘katlar ekib, dehqonchilik bobida o‘z tajribalarini boyitmoqda.
Yetishtirayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini ro‘zg‘oridan ortirib, xaridorlarga ham yetkazib bermoqda.
Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor Mamayunus To‘rajonov faoliyati misolida ham o‘z aksini topmoqda deyish mumkin.
![](https://telegra.ph/file/762af77c5ff04490ba67d.jpg)
![](https://telegra.ph/file/18bfe98321dc95793ebc5.jpg)
![](https://telegra.ph/file/096b88e1540b64c2f8b51.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5d483be704b6d50241235.jpg)
![](https://telegra.ph/file/8a7fdc2948f696e365fb8.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e3b85a5ca5d3880f98abd.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram