Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA UCHTA MAKTABDA “YOSH GVARDIYACHILAR” IXTISOSLASHTIRILGAN SINFLARI TASHKIL ETILDI 

×

 2024-04-29 15:33:46    1002

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahridagi 12 - sonli markaziy madaniyat markazi ochiq maydonida 2, 5, 24 - maktablarda “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari tashkil etilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Milliy gvardiyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kamoliddin Toshdanov, shahar sektorlari rahbarlari, maktab jamoalari hamda ota-onalar ishtirok etdi.

So‘z olganlar yosh avlod vakillarining o‘sib kamol topishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangi imkoniyatlar xususida to‘xtaldilar. 

Shundan so‘ng o‘quvchilarning rasmiy va’da berish marosimi o‘tkazilib, ularga Milliy gvardiyaning ramziy bayrog‘i topshirildi.

Yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari esa tengdoshlari qalbida vatanparvarlik ruhini yanada ko‘tarib yubordi.

Tadbir shahardagi 24 - umumta’lim maktabida davom etdi. Bu yerda ramziy lenta kesilib, zamonaviy ko‘rinishda jihozlangan sinf xonasi o‘quvchilar ixtiyoriga taqdim etildi.

Yoshlarga nuroniylar tomonidan kelgusi o‘qishlarida hamda hayot yo‘llarida asqotadigan muhim maslahatlar aytib o‘tildi. O‘quvchilarning ota-onalariga va yaqinlariga ta'lim jarayonida faolliklari uchun minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomlar berildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram