Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHRIDAGI 1-MAKTABDA "XALQLAR DO‘STLIGI" FESTIVALI KO‘TARINKI RUHDA O‘TDI

×

 2024-04-29 09:31:56    1028

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar 1-umumta’lim maktabida "Xalqlar do‘stligi" festivali tashkil etildi. 

Millatlararo totuvlikni mustahkamlash, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining madaniyati, tili, milliy an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda, ayniqsa, o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.

Ular o‘zlari tomonidan tayyorlangan qiziqarli dasturlari va ko‘rgazmalari orqali turli millatlarning madaniyati, qo‘shiq va raqslari, milliy taomlarini namoyish qildilar. O‘zlari bilgan qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab berishdi.

Zotan, bu kabi tadbirlar o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni saqlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu ma’noda tadbirda so‘z olganlar ham yig‘ilganlarni yanada birdamlikka, yurt ravnaqi va taraqqyoti uchun mehnat qilishga, o‘g‘il – qizlarni doimo o‘qib – o‘rganib, o‘z sohasini yetuk bilimdoni bo‘lib kamol topishga chorladilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram