Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA “KITOBXONLIK HAFTALIGI” FAOLLARI TAQDIRLANDI

×

 2024-04-29 09:26:50    1036

PDF yuklash
Chop etish


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yoshlarning salohiyati, iste’dodi va tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ayni yo‘nalishda Quvasoy shahrida ham bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan IV Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida shahrimizda yosh iqtidorlarni kashf etish maqsadida turli tanlovlar, “Zakovat” intelektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

Shahardagi 12 - sonli markaziy madaniyat markazi ochiq maydonida o‘tgan tadbirda “Kitobxonlik haftaligi” davomida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shahar hokimligi, shahar axborot - kutubxona markazi hamda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida o‘tgan tadbirda so‘z olganlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, ayniqsa, yoshlar ta’lim – tarbiyasidagi ahamiyati haqida to‘xtaldilar. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan shoir hayoti va ijodi yuzasidan haftalik doirasida muhim ma’lumotlar yig‘ilganlarga yetkazildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram