YUQORI MO‘YAN MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI KO‘MAGI BILAN YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA
2024-04-03 10:54:47 1069
Mahallaning iqtisodiy rivojlanishi hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq. Buni yaxshi tushungan Yuqori Mo‘yan MFY da mehnat qilayotgan hokim yordamchisi Oybek Xudoyberdiyev ham aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini muntazam tahlil qilib bormoqda.
Xususan, mahallada yashovchi Hikmatjon Hamraqulovga 33 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishida ko‘mak ko‘rsatdi. Natijada bir xonadonning issiqxonasi ta’mirlanib, daromad olishi uchun 5 bosh qo‘y yetkazib berildi.
Shuningdek, hokim yordamchisi ko‘magi bilan Jamilaxon Po‘latova hamda Dilshoda Hakimovalarga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning tikuvchilik faoliyatlari rivojlantirilmoqda. Bo‘sh turgan binolardan ham samarali foydalanilmoqda.
“Mahallada issiqxonlarni ko‘paytiryapmiz. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lganlarga kreditlar olishida yordam berib, yangi ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz”, - deydi hokim yordamchisi Oybek Xudoyberdiyev.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram