Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LASHKAR MFY DA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA - TADBIRLARI KO‘RILMOQDA

×

 2024-03-25 13:49:30    760

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla mas’ullari ma’lumotiga ko‘ra, Lashkar mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda 82 gektar tomorqa maydonlari mavjud. Hududda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. 29 ta xonadonlarda issiqxona tashkil etilgan.

Jumadan, Qimmatxon Ahmadaleva ham uyida 2,5 sotix maydonda issiqxona tashkil etib, limon yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. O‘z tajribalaridan kelib chiqib, bu yil 25 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga yana bir issiqxona qurdirdi va pomidor ko‘chatlarini ekdi. 

“Limonning o‘zidan yiliga 40-50 mln so‘m daromad olish mumkin. Nasib qilsa, daromaddan Xaj amalini bajarish niyyatim bor”, - deydi xonadon bekasi.

Mahallada yashovchi 82 yoshli Muhammad ota Rahmonyorov ham ayni kunlarda tinim bilmaydi. Farzandu nabiralari bilan 25 sotixli tomorqasining har bir qarich yeridan samarali foydalanish uchun bir necha turdagi daraxt ko‘chatlarini va atirgul navlarini parvarishlamoqda. Kartoshka va turli sabzavotlar ekkan.

“Tomorqasi bor insonga, ayniqsa, bahor mehnat fasli”, - deydi otaxon.

Sirasini aytganda, tomorqa – daromad manbai ekanligini teran tushungan yurtdoshlarimiz, bugun qizg‘in mehnat pallasida.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram