Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHAHAR HOKIMI QO‘SHNI DAVLAT BILAN CHEGARADOSH HUDUDDA JOYLASHGAN MAKTABGA BORDI

×

 2024-03-21 09:14:56    696

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar hokimi, 1 - sektor rahbari Zafarjon To‘raqulov shahardagi 4 - umumta’lim maktabida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ma’naviy - ma’rifiy ishlar samaradorligi bilan tanishdi.

Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga chegaradosh bo‘lgan Bog‘bon MFY hududida joylashgan mazkur ta’lim maskanida ayni kunda 250 nafardan ziyod o‘quvchilar ta’lim - tarbiya olishayotgani qayd etildi. 

E’tiborlisi, o‘quvchilarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida maktabda tikuvchilik to‘garagi tashkil etilgan. Asalarichilik sir - sinoatlari ham o‘rgatilib kelinmoqda.

O‘quvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lgan shahar hokimi yoshlarga yuqori marralarni zabt etish uchun albatta, yaxshi o‘qib – o‘rganish kerakligini yana bir bor ta’kidladi. Hayotiy misollar keltirib o‘tdi.

O‘rganish jarayonida ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarga, natijadorlikka e’tibor qaratdi. Bitiruvchilarni oliy ta’limga jalb etish masalasida yetarlicha ishlar tashkil etilmaganligini, ko‘rsatkichlar past ekanligini tanqid ostiga oldi.

Kun tartibidagi masalalar haqida to‘xtalib o‘tdi va mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram