BOG‘BON MAHALLASINING QULUPNAY YETISHTIRISH TAJRIBASI QUVASOYDA OMMALASHTIRILADI
2024-03-16 16:03:59 891
Bugun Quvasoy shahridagi “Bog‘bon” MFY da qulupnaychilikni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari jalb etilgan tadbirda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirok etdi.
Dastlab 2 sotix maydondagi issiqxonada Koreya tajribasi asosida Sardorbek Ahmadjonov tomonidan amalga oshirilgan qulupnay yetishtirish jarayonlari bilan tanishildi.
Shundan so‘ng yosh tomorqachi Janubiy Koreya davlatida mehnat faoliyatini olib borgan davrida to‘plagan tajribasidan kelib chiqib ish boshlaganini ma’lum qildi va sarflangan mablag‘ va olinishi ko‘zda tutilgan daromad haqida batafsil ma’lumot berdi.
2 sotix maydonga issiqxona qurish va ishga tushirish uchun 98 mln so‘m umimiy harajat bo‘lgani haqida aytgan Sardorbek har yili 135 mln so‘mdan ziyod daromad olish mumkinligini ta’kidladi.
Seminar ishtirokchilarini o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Hududlarda qulupnay yetishtirishni ommalashtirish chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram