Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOY BO‘YI MFY DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR SHAHAR HOKIMI TOMONIDAN QONIQARSIZ BAHOLANDI

×

 2024-03-01 12:56:22    696

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Soy bo‘yi MFY da ham bo‘lib, hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi va amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi.

Xususan, 20 sotix maydonda pomidor va bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan Umid Nuraliyev faoliyati ko‘zdan kechirildi. Abdumalik Usmonov esa o‘z xonadonida 20 ta yashikda asalari oilalarini boqishni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.  

Shahar hokimi yashiklar sonini 100 taga yetkazib, asalarichilikni rivojlantirish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, mahallada tikuvchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan, baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Biroq, o‘rganish natijasida hududda aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, yangi loyihalarni ishga tushirish bilan bog‘liq masalalar qoniqarsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi va shahar hokimi holatni keskin tanqid qilib, uni o‘nglash yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram