2 SOTIX MAYDONDAN YILIGA 60-70 MLN SO‘M DAROMAD OLISH MUMKIN: “BOG‘BON” MFY DA QULUPNAYCHILIK RIVOJLANMOQDA
2024-02-29 16:47:24 864
Bugun Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov hududlarda bo‘lib hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan aholi xonadonlarini borib ko‘rdi.
Xususan, Bog‘bon MFY da bo‘lgan shahar hokimi Koreya tajribasi asosida 2 sotix yerda issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan Sardorbek Ahmadjonov ishlarini ko‘zdan kechirdi. Yosh tomorqachi Janubiy Koreya davlatida mehnat faoliyatini olib borgan davrida to‘plagan tajribasidan kelib chiqib ish boshlaganini ma’lum qildi.
“Astoydil mehnat qilinsa, yiliga 60-70 mln so‘m daromad olish mumkin”, - dedi Sardorbek. E’tiborlisi, u va oilasi mana shu issiqxonada ish bilan band bo‘lmoqda.
Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov hududda mana shunday issiqxonalarni ko‘paytirish, buning uchun seminar tashkil qilish bo‘yicha hokim yordamchisi Sanobarxon Akbarovaga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram