Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA: OAV VAKILLARI UCHUN TASHKIL ETILGAN PRESS-TURDA SHU HAQIDA MA’LUMOT BERILDI

×

 2024-02-28 11:57:31    983

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahrida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Pakana MFY hududidagi kichik sanoat zonasiga press-tur tashkil etildi.

Dastlab 30 xil turdagi kalava iplarni turli ranglarga bo‘yash jarayonlari amalga oshirilayotgan “AKPAMUK” MCHJ xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Bu yerda turkiyalik investorlarning 3,5 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobiga turkiyalik mutaxassislar tajribasidan foydalangan holda ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Qariyb 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan korxonaga Germaniya, Shvetsiya, Italiya davlatlarining ilg‘or texnologiyalari olib kelib o‘rnatilgani, yaqin oylarda paypoq ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilishi, asosiy maqsad Yevropa bozorlariga kirib borish ekanligi aytib o‘tildi. Korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar hozirda Turkiya, Serbiya, Polsha davlatlariga eksport qilinmoqda.

Kichik sanoat zonasida "BLUE CARBON" MCHJ xususiy korxonasi rahbari Mo‘ydinjon Gʻofurov Xitoylik investorlar bilan qo‘shma korxona ochib, quyosh panellari, yoritish uskunalari va quvvatlovchi batareyalar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Joriy yil 2-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha uchun 10 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirildi. Korxona ishga tushishi natijasida 50 ta ish o‘rni yaratiladi. Mahsulotlar asosan Yevropaga eksport qilinadi. Manzilda bo‘lgan jurnalistlarga shular xususida ma’lumot berildi.

Yosh tadbirkor Sardorbek Abduqodirov ham sanoat zonasida 45 sotix maydonda xitoylik mutaxassislar ko‘magida qop ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Hozirda Xitoydan uch yuz ming dollarlik texnologiyalar olib kelib, o‘rnatish ishlari bajarilmoqda. 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Press-tur ishtirokchilari bu yerda ham bo‘lib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram