Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-02-28 11:54:53    765

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahrida jurnalist va blogerlar uchun 2023 - yilda inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida erishilgan natijalar hamda 2024 - yilga belgilangan yangi rejalar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Viloyatimizda va shahrimizda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, blogerlar jalb etilgan tadbirda Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirok etdi.

Shahar hokimi o‘z so‘zida Quvasoy shahrida 2023 - yilda iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishga erishilgani, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxonalar ishga tushirilgani, zamonaviy bog‘cha va maktablar, yo‘llar hamda mahalla binolari barpo etilgani xususida atroflicha, aniq misollar bilan to‘xtalib o‘tdi. 

Matbuot anjumanida mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan 8 154 nafar fuqarolar bandligi ta’minlanib, 1 055 nafar aholiga 21 mlrd. so‘mga yaqin imtiyozli kreditlar ajratilgani ma’lum qilindi. 

“Eng asosiysi, 2023 - yil davomida 13 432 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Buning asosiy qismi xotin-qizlar va yoshlar hissasiga to‘g‘ri keldi”,- dedi shahar hokimi. 

Shuningdek, qo‘shni respublikalar, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Koreya kabi xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganiga e’tibor qaratildi.

Sanoat, eksport, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, aholi salomatligini asrash, sport turlarini ommalashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. 2024 - yilga belgilangan rejalar haqida aytib o‘tildi.

Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram