Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHRIDA SINOV TARIQASIDA XONADONLARDA PARRANDA BOQISH YO’LGA QO’YILADI

×

 2024-02-26 09:40:55    423

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quvasoy shahrida parrandachilik yo’nalishida faoliyat olib borayotgan “Quvasoy naslli parranda” MChJda bo’ldi.

Mazkur parrandachilik korxonasida 90 nafardan ziyod quvasoyliklar bandligi ta'minlanib, ular tomonidan 350 ming boshdan ortiq parranda shundan, 80 mingga yaqini go’sht ishlab chiqarish, qolgani esa tuxum yetishtirish uchun parvarishlanmoqda. Yillik qariyb 60 million dona tuxum ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Parranda boqish jarayonlari bilan tanishtirgan korxona rahbari Toxirjon Turg’unboyev, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida innovatsion texnologiyalarni joriy etishga e'tibor qaratib, parrandalarni so’yishga mo’ljallangan zamonaviy kompleks barpo etayotgani haqida ma'lum qildi. Bu orqali mahsulot hajmini oshirish hamda xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishga imkoniyat yaratishilishi qayd etildi.

Shu joyda Do’stlik mahallasi yettiligiga bir qator vazifalar ham belgilab berildi. Tovuqlarni xonadonlarda boqishni yo’lga qo’yish kerakligi aytib o’tildi. Parranda boqishga qo’yilgan talablar asosida joy tayyorlanib, sinov tariqasida mahalladagi 10 ta xonadon tanlab olinib, ushbu xonadonlarda parranda boqish yo’lga qo’yiladi. Kutilgan natija bergandan so’ng uni keng ommalashtirilishi ta'kidlandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shaharda bunday tajribani kengaytirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun fuqarolar bandligini ta'minlash muhim masala ekanligini ta'kidlab, sektorlar rahbarlariga ko’rsatma va topshiriqlar berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram