Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA TIKUV-TRIKOTAJ SOHASI RIVOJLANMOQDA

×

 2024-02-24 21:22:02    512

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quvasoy shahridagi o’rganishlari davomida Soy bo’yi MFYda joylashgan “Ellycardin textile” xorijiy korxonasida ham bo’ldi.

Mazkur korxona 2023 yilda faoliyat boshlagan. 70 turdan ziyod “VIEN POLO” brendi asosida ayollar ro’moli va sharfi ishlab chiqarilmoqda. Xotin-qizlar uchun 100 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilgan.

Korxonada ishchi-xodimlarning yaxshi ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, ularning ishga kelib-ketishlari uchun maxsus transport vositalari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Korxonada uchta – tikuvchilik, qadoqlash hamda tozalov bo’limlari faoliyat olib bormoqda.

Bu yerda tayyorlangan mahsulotlar asosan xorijga eksport qilinadi. O’tgan 2023 yilda 200 ming dollarlik eksport yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bu yil 1 milliard dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimiga kelgusida korxona faoliyati kengaytirilib, esport xajmi bundanda yuqori bosqichga olib chiqilishi hamda ish o’rinlari sonini yanada oshirish borasida aniq rejalar asosida ish olib borayotganligi haqida ma'lumot berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram