Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ESHITISH VA GAPIRISHDA NUQSONI BO‘LGAN FUQAROLAR VA ULARNING OILA A’ZOLARI ISHTIROKIDA QABUL TASHKIL ETILDI

×

 2024-02-23 18:05:05    624

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida shahar Xalq qabulxonasida eshitish va gapirishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar va ularning oila a’zolari ishtirokida qabul tashkil etildi.

O‘zbekiston karlar jamiyati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi rahbari Nargiza Yakubova ham qatnashgan qabulda 25 nafardan ortiq jamiyat a’zolari o‘z murojaatlarini amalga oshirdilar.

Qabulda da’volanish uchun sihatgohlarga yo‘llanmaga ega bo‘lish, tibbiy yordam, subsidiya orqali tikuv mashinasi, turli mehnat qurollari olish, moddiy yordam, bandlik, uy-joy kabi masalalardagi murojaatlar shahardagi tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Muammolarni hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Ayrim murojaatlar qabul chog‘ida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlarning yechimini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilishi qayd etildi. Shuningdek, ayrim murojaatlar bo'yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram