O‘QUVCHILARNING DARSDAGI ISHTIROKI YUQORI BO‘LGAN MAKTABGA TASHAKKURNOMA TOPSHIRILDI
2024-02-23 12:50:44 640
Ma’lumki, maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazildi. Inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi esa o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan ko‘maklashish, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iborat.
Shu ma’noda bugungi kunda Quvasoy shahrida ham ota-onalar va mahalla faollari ishtirokidagi “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligida ijobiy ishlar tashkil etilmoqda.
Quvasoy shahar qo‘riqlash bo‘limi rahbarlari shahardagi 2-maktabda bo‘lib, hamkorlik uchun barcha o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar hamda maktab direktoriga tashakkurnoma topshirildi.
Kelgusida o‘quvchilarning darsdagi ishtiroki yuqori bo‘lgan hamda ularning muammoli masalalarini bartaraf etishda faol maktablar o‘ziga xos tarzda e’tirof etilib, rag‘batlantirib borilishi ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram