VAZIR QUVASOYDA PREZIDENT QARORI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI
2024-02-21 14:22:16 784
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov Quvasoy shahrida bo‘lib, 2-sonli umumta’lim maktabining mukammal ta’mirlash va yangi 300 o‘ringa ega zamonaviy o‘quv bino-inshooti qurilishi loyihasini ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Hojiqo‘zijon Isaqov, shahar hokimi o‘rinbosari Xusanboy Xoldarov hamda sohaga daxldor mutasaddilar ishtirok etgan muloqotda loyiha doirasidagi jarayonlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram