Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA SHAHAR HOKIMI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK MUHOKAMALARI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-02-16 20:46:19    1085

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahridagi Mo‘yan, Yuqori Mo‘yan hamda Lashkar mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari hamda mahallada yashovchi aholi ishtirokida joriy yilning yanvar, fevral oylarida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Ularda Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov hamda  shahar IIB mas’ul xodimi ishtirok etdi.

Muhokamalarda sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Jinoyat turlari, jumladan o‘g‘rilik, giyohvandlik, ularning kelib chiqish sabab va oqibatlari jamoatchilik oldida keng muhokama qilindi. 

Hududlardagi huquqbuzarlik va jinoyatlar soni oshib ketishiga sabab bo‘layotgan omillar aytib o‘tildi va ularning oldini olish bo‘yicha yig‘ilganlar, mahalla faollari ham o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. 

Mahallada yashovchi har bir fuqaro doimo ogoh va xushyor bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Kelgusida jinoyatchilik bilan bog‘liq salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram