Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“QO‘CHQORCHI” MAHALLASIDA TANTANALI “UCH AVLOD UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-02-08 16:26:47    672

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahridagi “Qo‘chqorchi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi tantanalar majmuasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar sektorlari rahbarlari, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Zokirjon Rahmonov, Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi mas’ul xodimi Majidxon Umarov ishtirok etdi.

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oyasi asosida o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga "Qo‘chqorchi" hamda "Namuna" mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi, nuroniylar va yoshlar taklif etildi.

So‘z olganlar tomonidan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani ta’kidlandi.

Ayniqsa, hududdagi otaxon va onaxonlar o‘z hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida samimiy fikrlarini bildirdilar. Shu bilan birga joylarda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan yangi tashabbus va g‘oyalarni o‘rtaga tashladilar. 

“Bir nuroniy – o‘n nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda, oilalarda hamjihatlikni mustahkamlashda samarali mehnat qilib kelayotgan, ijtimoiy-siyosiy hayotda tashabbuskor bo‘lgan faol nuroniylarga tashkilotchilarning sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram