Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 5 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYDA BUYUK ALLOMALARIMIZ ILMIY MEROSINI TARG‘IB QILISHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-02-06 18:28:27    553

PDF юклаш
Чоп этиш


Bugun Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida aholi orasida buyuk allomalarimiz ilmiy merosini targ‘ib qilish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi, viloyat hamda shahar hokimligi hamkorligida o‘tgan tadbirga turli tashkilot, korxona va muassasalarning 200 nafarga yaqin xodimlari jalb etildi.

Dastlab tinchlik qadri mavzusidagi videorolik ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Shundan so‘ng xalqimiz azaldan tinchlikparvar, adolatparvar, osuda kunlarning qadriga yetib yashaydigan xalq ekanligi yana bir bor aytib o‘tildi. Vatanimizda turli millat vakillari o‘zaro ahillikda yashab kelayotgani, birodarlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini mustahkamlash masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. 

Yurtimizning boy o‘tmishi, bobolarimiz qoldirgan beboho meros haqida so‘z bordi. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerakligi ta’kidlandi.

Seminar-trening mavzusi yuzasidan tushuntirishlar berilib, oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram