Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MA’NAVIYAT - DAVLATNING KUCH-QUDRATIDIR" NOMLI TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDILAR

×

 2024-02-03 19:10:18    690

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahridagi 11 - sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Ma’naviyat - davlatning kuch-qudratidir" nomli tanlovning shahar bosqichi tashkil etildi.

Shahar hokimligi, shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, shahar Axborot-kutubxona markazi hamda tegishli hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan tanlovda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va nutq madaniyatini oshirishga, ular iqtidorini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda so‘z olganlar o‘g‘il-qizlarni ajdodlariga munosib avlod bo‘lib kamol topishlariga tilak bildirdilar.

Quvasoy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda shahardagi 29 ta maktablarning iqtidorli o‘quvchilari uchun o‘ziga xos imkoniyat maydoni bo‘lgan tanlov yakunida "Gʻazalxonlik", "Monolog" va "Notiqlik san’ati" yo‘nalishlari g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi.

2-maktab o‘quvchisi Javlonbek Jo‘raboyev “Gʻazalxonlik” yo‘nalishida, 11- maktab o‘quvchisi Yorqinoy Ismonjonova monolog aytishda, 3-maktab o‘quvchisi Tamanno Shavkatjonova “Notiqlik san’ati” bo‘yicha tengdoshlarini orta qoldirib, faxrli birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Gʻoliblarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram