Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI ISHTIROKIDA TANQIDIY-TAHLILIY YIG’ILISH BO’LIB O’TDI

×

 2024-01-31 13:13:46    855

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida 2023 - yil davomida mahallalarda oilaviy ajrimlar, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, reproduktiv salomatlik borasida olib borilgan ishlar tahliliga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Shahardagi xotin-qizlar faollari taklif etilgan tadbirda 2024 - yilda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ham ko’rib chiqildi.

Yig’ilishini xalq deputatlari viloyat Kengashining  “Xotin-qizlar va gender tenglikni ta'minlash” masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi Dilorom Mehmonova olib bordi.

Dastlab shahar hokimi o’rinbosari Nigora Ubaydullayeva mavjud 31 ta mahalla fuqarolar yig’inlari kesimida olib borilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida “Ayollar maslahat kengashi”, “Buvijonlar maktabi”, “Oqila ayollar harakati” doirasida suhbatlar, targ’ibot tadbirlari olib borilayotgani qayd etildi.

Xotin-qizlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ishtirokchilar e'tibori qaratildi.

Shahardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar aniqlanib, qariyb 1940 nafardan ziyod xotin-qizlarning bandligi ta'minlangani aytib o’tildi.

Afsuski, olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, ayrim hududlarda bir qator kamchiliklar ham ko’zga tashlangan. Yig’ilishda ayni jihatlar atroflicha tahlil qilindi. Ularni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilanib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram