XALQ DEPUTATLARI QUVASOY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI OLTMISH TO’RTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2024-01-30 18:58:01 824
Bugun Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi oltmish to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar sektor rahbarlari, shahar hokimining tegishli o’rinbosarlari, tegishli bo’lim, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilgan sessiya ishini shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Zafarjon To’raqulov olib bordi.
2023-yilning 12 oyi davomida shaharda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati, shahar hududida 2023-yil davomida qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli, shaharda 2023-yil davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga qarshi ko’rilgan choralar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar sessiya avvalida ko’rib chiqildi.
Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2023-yil davrida amalga oshirilgan ishlar hamda bu borada joriy yil yakuniga qadar ko’riladigan chora-tadbirlar va erishiladigan natijalar haqida ham ma'lumot berildi.
Sessiyada 2023-yilning 4-choragi yakuni bo’yicha Quvasoy shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo’llash amaliyoti holati yuzasidan ham ma'lumotlar eshitildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Majburiy ijro byurosi hisoboti tinglandi.
Sessiya davomida Quvasoy shahar mahalliy byudjetining 2023-yil yakunlari va 2024-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag’larini shakllanishi ijrosi to’g’risidagi ma'lumotlar hamda kun tartibidagi boshqa masalalar deputatlar e'tiborida bo’ldi.
Ko’rilgan har bir masala yuzasidan muhokamalar amalga oshirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram