Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XITOYNING JICHJAO SHAHRI DJYU TUMANI HAMDA QUVASOY SHAHRI O’RTASIDA DO’STLIK VA HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

×

 2024-01-25 17:20:34    701

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo’lib turibdi.

Kuni kecha Shandun provintsiyasining Jichjao shahrida Djyu tumani partiya qo’mitasi kotibi Van Sya ishtirokida hududlararo do’stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli O’zbekiston-Xitoy munosabatlari barcha soha va yo’nalishlarda yangi bosqichga olib chiqilgani yana bir bor e'tirof etilgan muloqotda hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari, mavjud investitsiyaviy imkoniyatlari va salohiyati haqida tushunchalar berib o’tildi.

Energetika, sanoat, qishloq xo’jaligi, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari ko’rib chiqildi.

Samimiy ruhda o’tgan muloqot davomida Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov o’zaro manfaatli aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalariga e'tibor qaratdi.

Yakunda tomonlar o’rtasida memorandum imzolanib, oldinda turgan chora-tadbirlar kelishib olindi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram