SHAHAR HOKIMLIGIDA 2023 YILNING 1-YARIM YILLIGI DAVOMIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH NATIJALARI YUZASIDAN XISOBOT
2023-07-10 10:43:13 144
Shahar hokimligiga 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida barcha manbaalar orqali jismoniy va yuridik shaxs vakillaridan 315 ta (446ta) murojatlar shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 127ta (223ta), Xalq qabulxonasi orqali 79 ta (92 ta), Bosh Prokuratura ishonch telefoni orqali 15 ta (18ta) va shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 94ta (113ta) yozma murojaatlar kelib tushgan. (Bu ko‘rsatgich 2021 yilning shu davrida 446 tani tashil etib, 131 taga yoki 29,4% kamaygan)
Xususan, mazkur murojaatlarning 188 tasi (59,7%) ijobiy hal etilgan, 118 ta (37,5%) murojaatga qonuniy tushuntirish berilgan, 9 ta (2,8%) murojaat o‘rganish jarayonida.
Murojaatlar sohalar kesimida tahlil etilganda, Boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy olish 58 ta, Yo‘llarni ta’mirlash 56 ta, Moddiy yordam ajratish masalasida 48 ta, Obodonlashtirish masalasida 43 ta, Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 31 ta, Qishloq xo‘jaligi sohasida 15 ta, Uy-joylarni ta’mirlash 10 ta, Ichimlik suvi masalasida 9 ta, Tomorqalarni sug‘orish masalasida 9 ta, Raxbarlarning faoliyati masalasida 6 ta, Ish bilan ta’minlash masalasida 5 ta, Elektr ta’minoti 4 ta, Daftarga (Temir, Ayollar, Yoshlar) kiritish masalasida 4 ta, Oilaviy munisabatlar masalasida 1 ta, Kredit olish masalasida 1 ta, Qabul masalasida 1 ta, Haj va Umra masalalarida 1 ta hamda boshqa sohalarga oid 13 ta murojaatlar kelib tushganligi aniqlandi.
Eng ko‘p murojaatlar shaharning Ziynat 32 ta (10,2%), Kokilon 27 ta (8,6%), Pakana 24 ta (7,6%), Qo‘chqorchi 21 ta (6,7%), X.Olimjon 21 ta (6,7%), Bog‘bon 16 ta (5,1%), Do‘stlik 17 ta (5,4%), Polmon 12 ta (3,8%), Yoshlik 12 ta (3,8%), Arsif 11 ta (3,5%), Huvaydo 10 ta (3,2) mahalla fuqarolar yig‘inlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga joriy yilning 1-yarim yilligi davomida shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan qabullar jadvaliga asosan shahar hokimi tomonidan jami 16 marotaba shaxsiy hamda 26 marotaba ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, qabullar davomida jami 391 nafar fuqarolarning murojaatlari ro‘yxatga olingan.
Shundan, 211 nafar (54%) fuqaroning murojaatlari ijobiy hal etildi, 180 nafar (36,8%) fuqaroning murojaatlarga amaldagi qonun va qarorlar asosida huquqiy tushuntirishlar berilgan.