Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VATAN RAVNAQIGA BARCHAMIZ O‘Z XISSAMIZNI QO‘SHAYLIK! QUVASOYDA O‘TAYOTGAN “MAHALLADA DUV - DUV GAP” TADBIRLARIDA AYNI JIHAT USTUVOR AHAMIYAT KASB ETMOQDA

×

 2024-01-05 09:21:39    749

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridagi 24 – maktabda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv - duv gap” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur ma’naviy - ma’rifiy va madaniy - musiqiy tadbirga “Guliston”, “Yoshlik” va “Hamdo‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi jalb etildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari Alisher Mamajonov, Nigora Ubaydullayeva, shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Akbarjon Muratov, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi mas’ullari, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etdi.

So‘z olganlar tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 - yil 22 - dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga e’tibor qaratildi.

Ma’naviyat va ma’rifat sohasida milliy g‘oyani rivojlantirish, ayollarning ta’lim olishi va kasb - hunar egallashiga e’tiborni kuchaytirish kabi 9 ta yo‘nalishda muhim tashabbuslar ilgari surilgani yurtimizning kelgusi taraqqiyotida, ravnaqida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Qiziqarli viktorina o‘yinlari o‘tkazilib, unda faol qatnashganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. San’at ustalari ijrosidagi kuy - qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram