SHAHAR HOKIMI INVESTORLAR BILAN UCHRASHDI
2023-12-29 15:17:18 1230
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov "Lumix Group" MCHJ rahbari Erkin Hamidov hamda xitoylik investorni qabul qildi.
Muloqotda Quvasoyda Xitoy kompaniyasi investitsiyasi bilan loyiha qiymati 70 million dollar bo‘lgan 100 MVt quvvatga ega quyosh elektrostansiyasini qurish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda mazkur loyihani amalga oshirish tartiblari, investorlarga yurtimizda yaratilgan qulayliklar haqida so‘z bordi.
Yakunda oldinda turgan jarayonlar va hamkorlik istiqbollari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram