Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHAHAR HOKIMI TURKIYALIK INVESTORLAR BILAN HAMKORLIK MASALALARINI MUHOKAMA QILDI

×

 2023-12-18 11:19:29    596

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Turkiyaning “Akpamuk” tekstil kampaniyasi vakillarini qabul qildi.

 Ushbu eksportyor korxona 1979 - yilda Istanbul shahrida tashkil etilgan bo‘lib, dastlab o‘z faoliyatini jun ip ishlab chiqarishdan boshlagan. 

Hozirda qayta ishlangan va bo‘yalgan paxta iplarini, tayyor trikotaj mahsulotlarini asosan Yevropa bozorlariga eksport qilmoqda. Mehmonlar jahonning brend korxonalari bilan samarali hamkorlik olib borilayotgani, korxonada paypoq ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot berdilar.

Shuningdek, investorlar O‘zbekistonda “Yashil energetika” yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarga ham katta qiziqish bildirishdi. Mazkur tarmoqda ham yetarlicha bilim va tajribaga ega ekanliklarini qayd etdilar. Ularga davlatimiz rahbari tomonidan aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida belgilab berilgan chora-tadbirlar, investorlarga yaratilgan qulayliklar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram