TA’LIMGA E’TIBOR, KELAJAKKA E’TIBOR: SHAHAR HOKIMI BOG‘CHALARDAGI MAVJUD SHAROITLAR VA QISHGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI
2023-12-13 11:31:31 912
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov “Soy bo‘yi” MFY dagi 120 o‘rinli 10-sonli hamda 360 o‘rinli 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, ularning qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlari va o‘g‘il-qizlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Kelajagimiz egalarining ta’lim-tarbiyasi bilan qiziqdi, samimiy muloqotda bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ayrim muammolar ham ko‘zga tashlandi. Xususan, obodonlashtirish ishlari talab darajasida emasligi keskin tanqid qilindi.
Ta’lim-tarbiya o‘chog‘i bo‘lgan maskanda faoliyat olib borayotgan mas’ullar obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ham barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishi kerakligi, bu muassasaga keluvchilar o‘zlari uchun ibrat olishlari zarurligi ta’kidlandi.
Shahar hokimi o‘rganishlar har bir ta’lim maskanida amalga oshirilishini ma’lum qildi va soha rahbarlariga mavsumga har tomonlama hozirlikni mustahkamlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram