QUVASOYDA QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI
2023-12-13 11:10:59 699
Quvasoy shahridagi “Turon” tantanalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar sektorlari rahbarlari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mas’ul xodimi, qishloq xo‘jaligiga aloqador rahbar va xodimlar, dehqon va fermerlar ishtirok etdi.
Soha xodimlarini kasb bayrami bilan qutlagan shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, hech qachon o‘z o‘rni va ahamiyatini yo‘qotmaydigan tayanch tarmoqlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Joriy yilda erishilgan yutuqlar, oldinda turgan rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shaharda jami qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 14 581 gektar yer maydonlari mavjud bo‘lib, 6 192 gektar ekin yerlari, 7 098 gektar bog‘ hamda 1 291 gektar boshqa yerlardan iborat. Jami 612 ta fermerlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Joriy yilda 2 400 tonnadan ortiq g‘alla, 58 ming tonna meva-sabzavot, 5 983 tonna go‘sht, 23 470 tonna sut mahsulotlari, 58 mln. dona tuxum mahsulotlari olingani soha fidoyilarining mashaqqatli mehnatlari natijasi ekanligi qayd etildi.
Shundan so‘ng quvasoylik qishloq xo‘jaligi xodimlariga “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishonlari, viloyat va shahar hokimligining faxriy yorliqlari, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
San’atkorlar ishtirokidagi diltortar qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram