QUVASOYDA PREZIDENT QARORI ASOSIDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILGAN KO‘PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2023-12-13 11:04:58 713
Quvasoy shahri Huvaydo MFY hududidagi “Quvasoy-Polmon” avtomobil yo‘lida joylashgan ko‘prik mukammal ta’mirlash ishlaridan so‘ng foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi o‘rinbosarlari Shuhrat Tursunboyev, Alisher Mamajonov, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
4K-844 “Quvasoy-Polmon” avtomobil yo‘li boshlanishidagi mazkur ko‘prikda Prezidentimizning 2022 - yil 30 - dekabrdagi “2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “MOSTSTROY” MCHJ tomonidan qurilish jarayonlari amalga oshirildi.
Loyihaga ko‘ra 2,4 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga uzunligi 18 metr, eni 15 metr bo‘lgan ko‘prikning har ikki tomonida piyodalar uchun yo‘laklar barpo etildi.
Mahalla faollarining ma’lumotlariga ko‘ra o‘tgan asrning 60 yillari oxirlarida qurilgan “Quvasoy-Polmon” ko‘prigi endilikda yana avtomobillar va piyodalarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Tadbir ishtirokchilari bunday xayrli ishlar bardavom bo‘lishini tilab duolar qilishdi va davlatimiz rahbariga minnatdarchilik bildirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram