XOTIN - QIZLAR BANDLIGI MUHOKAMA QILINGAN TADBIRDA 61 NAFAR AYOLLARGA TIKUV MASHINALARI VA PISHIRIQ PECHLARI TOPSHIRILDI
2023-12-06 10:54:31 920
Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Quvasoy shahrida bo‘lib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Do‘stlik MFY da joylashgan madaniyat uyining bo‘sh maydoniga daraxt ekildi. Shundan so‘ng ish bilan bandligi ta’minlangan, tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘ygan quvasoyik xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi.
Tadbirkorlar bilan muloqotda ular olib borayotgan ishlari, faoliyat turlari, yaratayotgan yangi ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdilar.
Tadbir davomida qayta kasbga o‘qitilgan 61 nafar ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari va pishiriq pechlari topshirildi.
Madaniyat uyi zalida 300 nafardan ziyod xotin-qizlar jalb etilgan yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Imkoniyatlar samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Hududlarda uchrayotgan muammolar, ularning yechimi, hal etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Komila Kavlonova, xalq deputatlari viloyat Kengashining “Xotin-qizlar va gender tenglikni ta’minlash” masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Dilorom Mehmonova, shahar hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Ubaydullayeva ishtirok etgan mazkur uchrashuvda oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram