HAR BIR MUROJAAT QONUN DOIRASIDA HAL ETILISHI SHART. SHAHAR HOKIMI NAVBATDAGI SAYYOR QABULDA MAS’ULLARGA ANIQ TOPSHIRIQLARNI BERDI
2023-12-06 10:42:47 885
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida shahardagi Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Shahardagi tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan qabulda fuqarolarning yo‘l, elektr ta’minoti, moddiy yordam, bandlik, uy-joy, subsidiya olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi turli masalalarda qilgan murojaatlari har tomonlama ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida murojaatlarning ko‘pi o‘z yechimini topgan bo‘lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlarni mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov har bir murojaat atroflicha o‘rganib chiqilishi kerakligini, hal etilishi mumkin bo‘lgan hech bir murojaat ochiq qolmasligi shartligini mutasaddilarga ta’kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram