“SUV - TEKIN EMAS”: QUVASOYLIK NURONIYLAR JOYLARDA TARG’IBOT ISHLARINI OLIB BORISHMOQDA
2023-12-06 10:25:37 889
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog’ida O’zbekistondagi suv muammosi haqida gapirib, “suv tekin emas”, degan g’oyani aholiga chuqur singdirish va buni kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo’lishi lozimligini ta'kidlagan edi.
Quvasoylik nuroniylar ushbu masalada davlatimiz rahbarining topshiriqlaridan kelib chiqib, aholini suv tejashga o’rgatish, joylarda suvning behuda sarf bo’lishini oldini olish yuzasidan targ’ibot ishlarini olib bormoqdalar.
Xususan, ta'lim muassasalarida, mahallalarda, qishloq xo’jaligi yerlari foydalanuvchilari huzurida bo’lib, har bir tomchi suvni asrab-avaylash, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni qo’llash masalalariga to’xtalib o’tishmoqda. Isrofgarchilikning salbiy oqibatlari keng aholi qatlamlariga yetkazilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram