“YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN YOSHLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY MUAMMOLARINI HAL ETISH CHORA-TADBIRLARI MUHOKAMA QILINDI
2023-11-28 09:57:30 762
Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida yoshlar bilan ishlash tizimini samarali olib borish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov va sektorlar rahbarlari ishtirok etdi.
Daxldor idoralar vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari jalb etilgan tadbirda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tashkil etilgan “Yoshlar daftari”ning yuritilishi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rib chiqildi.
Ochiq muloqotda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik tahlili va kelib chiqish sabablari hamda kelgusida ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikni kuchaytirish haqida so‘z bordi.
Ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram