QUVASOY ENG OBOD VA KO’RKAM MASKANLARDAN BIRI BO’LISHI KERAK: SHAHAR HOKIMI HUDUDLARDA O’RGANISH OLIB BORDI
2023-11-17 09:24:51 753
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov shahar hududida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarining tashkil etilishi, shahar tozaligi holati bo’yicha o’rganish olib bordi.
Dastlab Pakana MFY hududida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi hamda atrof-muhitni ko’kalamzorlashtirish ishlari doirasida barpo etilayotgan yangi bog’da olib borilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi. Ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish va sifatli bajarish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
O’rganish tadbirlari Xuvaydo MFY dagi A. Navoiy ko’chasida davom etdi. Garchi obodonlashtirish ishlari boshlangan bo’lsa-da, manzilda jarayonlar talab darajasida davom etmayotgani tanqid ostiga olindi. Yo’l yoqasida joylashgan noqonuniy qurilmalarni olib tashlash zarurligi qayd etildi.
Ishlarni tashkillash bo’yicha biriktirilgan mas'ullarga Quvasoy shahri eng obod va ko’rkam maskanlardan biriga aylanishi zarurligi yana bir bor ta'kidlandi. Oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram