IJTIMOIY SOHA OB'EKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI VA TA'LIM-TARBIYA SIFATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
2023-11-16 10:41:00 722
Ayni kunlarda Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi “Ijtimoiy soha ob'ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida hududlarda o’rganishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, o’rganishlar davomida ijtimoiy soha ob'ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va ta'lim-tarbiya sifatiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Muammo va kamchiliklar aniqlanib, mutasaddi rahbarlarga deputatlik so’rovlari yuborilmoqda va nazoratga olinmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Muhsinjon Mehmonov tomonidan olib borilgan o’rganishlar davomida 25-umumta'lim maktabida yangi isitish qozonlarining o’rnatilishi yakuniga yetmagani, qurish-o’rnatish ishlari hamda sinov jarayonlari o’tkazilayotgani aniqlandi. Barcha ishlarni tez fursatda yakuniga yetkazish kerakligi to’g’risida tavsiyalar berildi.
Bunday o’rganishlar shahardagi 7, 18-umumta'lim maktabilarda, 27, 13-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, tibbiyot muassasalarida ham amalga oshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram